وَعَن أبي كَبْشَة الْأَنْمَارِيِّ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ احْتَجَمَ عَلَى هَامَتِهِ مِنَ الشَّاةِ الْمَسْمُومَةِ قَالَ مَعْمَرٌ: فَاحْتَجَمْتُ أَنَا مِنْ غَيْرِ سُمٍّ كَذَلِكَ فِي يَافُوخِي فَذَهَبَ حُسْنُ الْحِفْظِ عَنِّي حَتَّى كُنْتُ أُلَقَّنُ فَاتِحَةَ الْكِتَابِ فِي الصَّلَاةِ. رَوَاهُ رزين
Abu Kabsha al-Anmoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ zaharlangan qoʻy sababli boshlarining tepasidan qon oldirdilar (hijoma qildirdilar). Maʼmar aytdi: men ham zahar sababi boʻlmasa-da, xuddi shunday boshimning tepasidan qon oldirdim, natijada yaxshi yodlash quvvatim ketib qoldi, hatto namozda menga Fotiha surasi talqin qilinadigan boʻlib qoldi. Razin rivoyat qilgan.