وَعَنْهَا قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: " إِنَّ الْمَلَائِكَةَ تَنْزِلُ فِي الْعَنَانِ وَهُوَ السَّحَابُ فَتَذْكُرُ الْأَمْرَ قُضِيَ فِي السَّماءِ فتسترق الشياطينُ السمعَ فَتُوحِيهِ إِلَى الْكُهَّانِ فَيَكْذِبُونَ مَعَهَا مِائَةَ كَذْبَةٍ من عِنْد أنفسهم. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men Allohning Rasuli ﷺ ning shunday deganini eshitdim: «Farishtalar bulutlarga tushib, osmonda hukm qilingan u yoki bu masalani zikr qiladi. Shaytonlar bunday masalani oʻgʻrincha (yashirin) tinglab, (yerga) tushib, uni kohinlarga (folbinlarga) ilqo qiladi (eshittiradi) va ular (kohinlar) unga oʻzlaridan yuzta yolgʻon qoʻshib (aytadi)», — dedi.