وَعَن قتادةَ قَالَ: خلقَ اللَّهُ تَعَالَى هَذِه النجومَ لثلاثٍ جَعَلَهَا زِينَةً لِلسَّمَاءِ وَرُجُومًا لِلشَّيَاطِينِ وَعَلَامَاتٍ يُهْتَدَى بهَا فَمن تأوَّلَ فِيهَا بِغَيْرِ ذَلِكَ أَخَطَأَ وَأَضَاعَ نَصِيبَهُ وَتَكَلَّفَ مَالا يَعْلَمُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ تَعْلِيقًا وَفِي رِوَايَةِ رَزِينٍ: «تكلّف مَالا يعنيه ومالا عِلْمَ لَهُ بِهِ وَمَا عَجَزَ عَنْ عِلْمِهِ الْأَنْبِيَاء وَالْمَلَائِكَة» وَعَن الربيعِ مِثْلُهُ وَزَادَ: وَاللَّهِ مَا جَعَلَ اللَّهُ فِي نَجْمٍ حَيَاةَ أَحَدٍ وَلَا رِزْقَهُ وَلَا مَوْتَهُ وَإِنَّمَا يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَيَتَعَلَّلُونَ بِالنُّجُومِ
Qatoda (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Alloh taolo bu yulduzlarni uch narsa uchun yaratdi: ularni osmon uchun ziynat qildi, shaytonlarga otiladigan narsalar qildi va odamlar yoʻl topadigan alomatlar qildi. Kim ularni bundan boshqasiga taʼvil qilsa, xatoga yoʻl qoʻydi, oʻz nasibasini zoye qildi va oʻzi bilmagan narsaga urindi. Buxoriy taʼliq tarzida rivoyat qilgan. Razin rivoyatida: «oʻziga aloqasi yoʻq, bilimi boʻlmagan va paygʻambarlar hamda farishtalar ham bilishdan ojiz boʻlgan narsaga urindi», deyilgan. Rabiʼdan ham shunga oʻxshash rivoyat qilinib, unda shu ziyoda bor: Allohga qasamki, Alloh biror yulduzda hech kimning hayotini, rizqini yoki oʻlimini qilib qoʻymagan. Ular Allohga yolgʻon toʻqishadi va yulduzlar bilan bahona qilishadi.