وَعَنْ أَبِي مُوسَى عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " رَأَيْتُ فِي الْمَنَامِ أَنِّي أُهَاجِرُ مِنْ مَكَّةَ إِلَى أَرْضٍ بِهَا نَخْلٌ فَذَهَبَ وَهْلِي إِلَى أَنَّهَا الْيَمَامَةُ أَوْ هَجَرُ فَإِذَا هِيَ الْمَدِينَةُ يَثْرِبُ وَرَأَيْتُ فِي رُؤْيَايَ هَذِهِ: أَنِّي هَزَزْتُ سَيْفًا فَانْقَطَعَ صَدْرُهُ فَإِذَا هُوَ مَا أُصِيبَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ أُحُدٍ ثُمَّ هَزَزْتُهُ أُخْرَى فعادَ أحسنَ مَا كانَ فإِذا هوَ جَاءَ اللَّهُ بِهِ مِنَ الْفَتْحِ وَاجْتِمَاعِ الْمُؤْمِنِينَ "
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Men tushimda Makkadan xurmozorli bir yerga hijrat qilayotganimni koʻrdim. Xayolim u Yamoma yoki Hajar boʻlsa kerak, degan tomonga ketdi. Lekin u Madina — Yasrib ekan. Yana bu tushimda men bir qilichni silkitganimni, uning tigʻi sinib ketganini koʻrdim — bu Uhud kuni moʻminlardan yetgan musibat ekan. Soʻng uni yana bir bor silkitdim, u eng yaxshi holiga qaytdi — bu Allohning bizga ato etgan fathi va moʻminlarning jamlanishi ekan. Yana unda sigirlarni ham koʻrdim — Alloh yaxshilik egasidir — bular Uhud kuni (shahid boʻlgan) bir guruh moʻminlar ekan, yaxshilik esa Allohning shundan keyin keltirgan yaxshiligi va Alloh bizga Badr kunidan keyin ato etgan rostlikning savobi ekan», dedilar.