وَعَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ قَالَ: أَشْرَفَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى أُطُمٍ مِنْ آطَامِ الْمَدِينَةِ فَقَالَ: " هَلْ تَرَوْنَ مَا أَرَى؟ قَالُوا: لَا. قَالَ: «فَإِنِّي لأرى الْفِتَن خلال بُيُوتكُمْ كوقع الْمَطَر» . مُتَّفق عَلَيْهِ
(Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki,) Paygʻambar ﷺ Madinaning qasrlaridan (baland binolaridan) biriga chiqib (qarab): «Men koʻrayotgan narsani sizlar koʻryapsizmi?» dedilar. Ular: «Yoʻq», dedilar. U zot: «Albatta, men fitnalarni — yomgʻir tomchilari (tushgani) kabi — uylaringiz oralab tushayotganini koʻryapman», dedilar.