وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَا تَذْهَبُ الدُّنْيَا حَتَّى يَأْتِي يَوْمٌ لَا يَدْرِي الْقَاتِلُ فِيمَ قَتَلَ؟ وَلَا الْمَقْتُولُ فِيمَ قُتِلَ؟ فَقِيلَ: كَيْفَ يَكُونُ ذَلِكَ؟ قَالَ: «الْهَرْجُ الْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Jonim qoʻlida boʻlgan zotga qasamki, odamlarning boshiga shunday bir kun kelmaguncha dunyo (oʻtib) ketmaydi — (oʻsha kuni) oʻldirgan kishi nima sababdan oʻldirganini, oʻldirilgan kishi nima sababdan oʻldirilganini bilmaydi», — dedilar. Shunda: «Bu qanday boʻladi?» — deyildi. U zot: «(Bu) harj (qotillik) sababidandir. Oʻldirgan ham, oʻldirilgan ham doʻzaxdadir», — dedilar.