وَعَنِ الزُّبَيْرِ بْنِ عَدِيٍّ قَالَ: أَتَيْنَا أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ فَشَكَوْنَا إِلَيْهِ مَا نَلْقَى مِنَ الْحَجَّاجِ. فَقَالَ: «اصْبِرُوا فَإِنَّهُ لَا يَأْتِي عَلَيْكُمْ زمَان إِلَّا الَّذِي بعده أشرمنه حَتَّى تَلْقَوْا رَبَّكُمْ» . سَمِعْتُهُ مِنْ نَبِيِّكُمْ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
(Zubayr ibn Adiy aytdi:) Biz Anas ibn Molik(ning huzuriga) keldik va unga Hajjojdan koʻrayotgan (azob-uqubat)larimizdan shikoyat qildik. U: «Sabr qilinglar; chunki sizlarga shunday bir zamon kelmaydiki, undan keyingisi undan battarroq boʻlmasin — toki Robbingizga yoʻliqquningizcha. Men buni Paygʻambaringiz ﷺdan eshitganman», dedi.