وَعَن أم مَالك البهزية قَالَتْ: ذَكَرَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِتْنَةً فَقَرَّبَهَا. قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَنْ خَيْرُ النَّاسِ فِيهَا؟ قَالَ: «رَجُلٌ فِي مَاشِيَتِهِ يُؤَدِّي حَقَّهَا وَيَعْبُدُ رَبَّهُ وَرَجُلٌ أَخَذَ برأسٍ فرأسه يخيف الْعَدو ويخوفونه» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ummu Molik al-Bahziyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ fitnani zikr qildilar va uni yaqin (boʻlgan narsa sifatida tasvirlab) berdilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, (fitna) paytida odamlarning eng yaxshisi kim?» dedim. U zot: «Chorvasi orasidagi, uning haqqini ado etib, Robbiga ibodat qiluvchi kishi va otining boshidan ushlab, dushmanni qoʻrqitayotgan, dushman ham uni qoʻrqitayotgan kishidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Ummu Mubashshir, Abu Said al-Xudriy va Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Bu hadis bu yoʻldan hasan gʻaribdir. Uni Lays ibn Abu Sulaym ham Tovusdan, u Ummu Molik al-Bahziyyadan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilgan.