وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تُقَاتِلُوا خُوزًا وَكِرْمَانَ مِنَ الْأَعَاجِمِ حُمْرَ الْوُجُوهِ فُطْسَ الْأُنُوفِ صِغَارَ الْأَعْيُنِ وُجُوهُهُمُ الْمَجَانُّ الْمُطْرَقَةُ نِعَالُهُمُ الشّعْر» . رَوَاهُ البُخَارِيّ وَفِي راوية لَهُ وَعَن عَمْرو بن تغلب: «عراض الْوُجُوه»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Sizlar — ajamlar (yaʼni gʻayriarablar)dan boʻlgan Xuz va Kirmon (qavmlari) bilan jang qilmaguningizcha, Qiyomat qoyim boʻlmaydi. Ular — qizil yuzli, yapaloq burunli, kichik koʻzli boʻladi; ularning yuzlari — yapaloq qalqonga oʻxshaydi va poyabzallari — tukdan (junli) boʻladi», — dedi.