وَعَنْ نَافِعِ بْنِ عُتْبَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «تَغْزُونَ جَزِيرَةَ الْعَرَبِ فَيَفْتَحُهَا اللَّهُ ثُمَّ فَارِسَ فَيَفْتَحُهَا اللَّهُ ثُمَّ تَغْزُونَ الرُّومَ فَيَفْتَحُهَا اللَّهُ ثُمَّ تَغْزُونَ الدَّجَّال فيفتحه الله» . رَوَاهُ مُسلم
Nofiʼ ibn Utba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan bir gʻazotda edik. Nabiy ﷺ huzuriga gʻarb tomondan ustlarida jun kiyimlar boʻlgan bir qavm keldi va u zotga bir tepalik yonida duch keldilar. Ular tik turishar, Rasululloh ﷺ esa oʻtirgan edilar. Koʻnglim menga: «Ularning oldiga borib, sen ular bilan u zotning oʻrtasida turgin, ular u zotni gʻaflatda (suiqasd qilib) oʻldirib qoʻymasin», dedi. Soʻng men: «Balki u zot ular bilan maxfiy (suhbat) qilayotgandir», dedim. Soʻng ularning oldiga borib, ular bilan u zotning oʻrtasida turdim. Men u zotdan toʻrtta soʻzni yodlab oldim, ularni qoʻlimda (barmoqlarimda) sanardim. U zot: «Sizlar Arab yarim oroliga gʻazot qilasizlar, Alloh uni fath etib beradi; soʻng Forsga (gʻazot qilasizlar), Alloh uni fath etib beradi; soʻng Rumga gʻazot qilasizlar, Alloh uni fath etib beradi; soʻng Dajjolga (qarshi) gʻazot qilasizlar, Alloh uni fath etib beradi», — dedilar. Nofiʼ: «Ey Jobir! Biz Rum fath etilmaguncha Dajjol chiqmaydi, deb hisoblar edik», dedi.