وَعَن أبي هريرةَ قَالَ: بَيْنَمَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُحَدِّثُ إِذْ جَاءَ أَعْرَابِيٌّ فَقَالَ: مَتَى السَّاعَةُ؟ قَالَ: «إِذَا ضُيِّعَتِ الْأَمَانَةُ فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ» . قَالَ: كَيْفَ إِضَاعَتُهَا؟ قَالَ: «إِذَا وُسِّدَ الْأَمْرُ إِلَى غَيْرِ أَهْلِهِ فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ» . رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ bir majlisda (biror narsa) gapirayotganlarida, bir aʼrobiy (badaviy) kelib: «Qiyomat qachon boʻladi?» — deb soʻradi. Rasululloh ﷺ gaplarini davom ettiraverdilar. Baʼzilar: «U zot soʻragan narsani eshitdi-yu, lekin uni yoqtirmadi», — deyishdi; baʼzilari esa: «Eshitmadilar», — deyishdi. U zot gaplarini tugatgach: «Qiyomat haqida soʻragan kishi qani?» — dedilar. Aʼrobiy: «Mana men, yo Rasululloh», — dedi. U zot: «Omonat zoye qilinganda, Qiyomatni kut», — dedilar. Aʼrobiy: «U qanday zoye qilinadi?» — dedi. U zot: «Ish (mansab) noahil kishilarga topshirilganda, Qiyomatni kut», — dedilar.