وَعَن عبدِ الله بنِ حوالةَ قَالَ: بعثَنا رَسُول الله صلى اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِنَغْنَمَ عَلَى أَقْدَامِنَا فَرَجَعْنَا فَلَمْ نَغْنَمْ شَيْئًا وَعَرَفَ الْجَهْدَ فِي وجوهِنا فقامَ فِينَا فَقَالَ: «اللَّهُمَّ لَا تَكِلْهُمْ إِلَيَّ فَأَضْعُفَ عَنْهُمْ وَلَا تَكِلْهُمْ إِلَى أَنْفُسِهِمْ فَيَعْجِزُوا عَنْهَا وَلَا تَكِلْهُمْ إِلَى النَّاسِ فَيَسْتَأْثِرُوا عَلَيْهِمْ» ثُمَّ وَضَعَ يَدَهُ عَلَى رَأْسِي ثُمَّ قَالَ: «يَا ابْنَ حَوَالَةَ إِذَا رَأَيْتَ الْخِلَافَةَ قَدْ نَزَلَتِ الْأَرْضَ الْمُقَدَّسَةَ فَقَدْ دَنَتِ الزَّلَازِلُ وَالْبَلَابِلُ وَالْأُمُورُ الْعِظَامُ وَالسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ أَقْرَبُ مِنَ النَّاسِ مِنْ يَدِي هَذِه إِلَى رَأسك» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ibn Zugʻb al-Iyodiy aytdi: Abdulloh ibn Havola al-Azdiy (roziyallohu anhu) mening huzurimga tushdi va menga shunday dedi: Rasululloh ﷺ bizni oʻlja olishimiz uchun piyoda yoʻlga joʻnatdilar. Biz hech narsa oʻlja olmasdan qaytdik. (U zot) chehralarimizdan charchoqni bildilar va oramizda turib: «Allohim! Ularni menga topshirma, (chunki) men ulardan ojiz boʻlib qolaman; ularni oʻzlariga ham topshirma, (chunki) ular bunga qodir boʻlmaydilar; ularni odamlarga ham topshirma, (chunki) ular oʻzlarini ulardan ustun qoʻyadilar», dedilar. Soʻng qoʻllarini boshimga — yoki: tepamga, dedilar — qoʻyib: «Ey Ibn Havola! Xalifalik muqaddas yerga tushganini koʻrsang, zilzilalar, fitnalar va ulkan ishlar yaqinlashibdi. Oʻsha kun qiyomat odamlarga mana shu qoʻlim boshingga (yaqin) boʻlganidan ham yaqinroqdir», dedilar. Abu Dovud aytdi: Abdulloh ibn Havola himslik edi.