وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي قِصَّةِ الْمَهْدِيِّ قَالَ: " فَيَجِيءُ إِلَيْهِ الرَّجُلُ فَيَقُولُ: يَا مَهْدِيُّ أَعْطِنِي أَعْطِنِي. قَالَ: فَيَحْثِي لَهُ فِي ثَوْبِهِ مَا اسْتَطَاعَ أَنْ يَحْمِلَهُ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Biz Paygʻambarimizdan keyin biror (yomon) hodisa boʻlishidan qoʻrqib, Allohning Paygʻambari ﷺdan soʻradik. Shunda u zot: ‹Albatta, ummatimda Mahdiy boʻladi, u chiqadi va besh, yoki yetti, yoxud toʻqqiz (yil) yashaydi›, dedilar», — shubha qilgan Zayd edi. «Biz: ‹Bu nima (yil)?› dedik. U zot: ‹Yillar›, dedilar. (Yana) u zot: ‹Unga bir kishi kelib: ‹Ey Mahdiy, menga ber, menga ber!› deydi. Shunda u (Mahdiy) o (kishi)ning kiyimiga koʻtara oladigan miqdorda (mol) toʻkib beradi›, dedilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir va u Abu Saiddan, Nabiy ﷺdan boshqa yoʻllar bilan ham rivoyat qilingan. Abu Siddiq an-Nojiyning ismi Bakr ibn Amr, unga Bakr ibn Qays ham deyiladi.