وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ غربت الشَّمْس: «أَيْن تذْهب؟» . قُلْتُ: اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: " فَإِنَّهَا تَذْهَبُ حَتَّى تَسْجُدَ تَحْتَ الْعَرْشِ فَتَسْتَأْذِنُ فَيُؤْذَنُ لَهَا وَيُوشِكُ أَنْ تَسْجُدَ وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا وَتَسْتَأْذِنُ فَلَا يُؤْذَنُ لَهَا وَيُقَالُ لَهَا: ارْجِعِي مِنْ حَيْثُ جِئْتِ فَتَطْلُعُ مِنْ مَغْرِبِهَا فَذَلِكَ قَوْلُهُ تَعَالَى " (والشمسُ تجْرِي لمستقرّ لَهَا) قَالَ: «مستقرها تَحت الْعَرْش» . مُتَّفق عَلَيْهِ
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ mendan quyosh botish paytida: «Quyosh (botish paytida) qaerga ketishini bilasanmi?» — deb soʻradi. Men: «Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladi», — deb javob berdim. U zot: «U (quyosh) — to Arsh ostida sajdaga borib, yana koʻtarilishga ruxsat soʻraguncha — yuradi (sayohat qiladi) va unga ruxsat beriladi. Soʻng (shunday vaqt keladiki,) u sajda qilmoqchi boʻladi, lekin uning sajdasi qabul qilinmaydi va u oʻz yoʻlida (davom etishga) ruxsat soʻraydi, lekin unga ruxsat berilmaydi; balki unga — qaerdan kelgan boʻlsa, oʻsha yerga qaytish — buyuriladi va shu sabab u gʻarbdan chiqadi. Mana shu — Allohning: ‹Va quyosh oʻzining (belgilangan) qaror (oʻrni) tomon yuradi. Bu — Qudratli, Ilmli (Alloh)ning taqdiridir› (Yosin, 38) degan soʻzining maʼnosidir», — dedi.