وَعَن أَي عُبَيْدَةَ بْنِ الْجَرَّاحِ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِنَّهُ لَمْ يَكُنْ نَبِيٌّ بَعْدَ نُوحٍ إِلَّا قَدْ أَنْذَرَ الدجالَ قومَه وإِني أُنذركموه» فرصفه لَنَا قَالَ: «لَعَلَّهُ سَيُدْرِكُهُ بَعْضُ مَنْ رَآنِي أَوْ سَمِعَ كَلَامِي» . قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ فَكَيْفَ قُلُوبُنَا يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: «مِثْلُهَا» يَعْنِي الْيَوْمَ «أوخير» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد
Abu Ubayda ibn al-Jarroh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Men Rasululloh ﷺning: ‹Nuhdan keyin har bir Paygʻambar oʻz qavmini Dajjoldan ogohlantirgan, men ham sizlarni undan ogohlantiraman›, deganlarini eshitdim», dedi. Soʻng Rasululloh ﷺ uni bizga taʼriflab berdilar va: «Boʻlishi mumkinki, meni koʻrgan yoki gapimni eshitgan baʼzilaringiz unga yetib boradi», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, oʻsha kuni qalblarimiz qanday boʻladi?» dedilar. U zot: «Bugungiday yoki undan ham yaxshiroq», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Busr, Abdulloh ibn al-Horis ibn Juzayy, Abdulloh ibn Mugʻaffal va Abu Hurayradan ham (rivoyatlar) bor. Bu hadis Abu Ubayda ibn al-Jarroh hadisidan hasan gʻaribdir, uni faqat Xolid al-Hazzo hadisidan bilamiz. Shuʼba ham uni Xolid al-Hazzodan rivoyat qilgan. Abu Ubayda ibn al-Jarrohning ismi Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarrohdir.