عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «كَيْفَ أَنْعَمُ وَصَاحِبُ الصُّورِ قَدِ الْتَقَمَهُ وَأَصْغَى سَمْعَهُ وَحَنَى جَبْهَتَهُ يَنْتَظِرُ مَتَى يُؤْمَرُ بِالنَّفْخِ» . فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ وَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: " قُولُوا: حَسْبُنَا اللَّهُ ونِعمَ الْوَكِيل ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Shox sohibi shoxni ogʻziga olib, qachon puflashga buyurilsa puflash uchun ruxsatga quloq tutib turgan boʻlsa, men qanday huzur qilay?» dedilar. Bu narsa Nabiy ﷺning sahobalariga ogʻir tuyulgandek boʻldi. Shunda u zot ularga: «‹Hasbunalloh va niʼmal vakil, alalloh tavakkalno (Alloh bizga yetarli, U eng yaxshi vakildir, biz Allohga tavakkal qildik)› deyinglar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Bu hadis Atiyyadan, u Abu Said al-Xudriydan, u Nabiy ﷺdan boshqa yoʻllar bilan ham shunga oʻxshash rivoyat qilingan.