وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ قَالَ: ذَكَرَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَاحِبُ الصُّورِ وَقَالَ: «عَن يَمِينه جِبْرِيل عَن يسَاره مِيكَائِيل»
Zayd ibn Axzam bizga hadis aytib, Bishr — yaʼni ibn Umar — bizga aytib, Muhammad ibn Xozim bizga aytib dedi: Aʼmashning oldida Jibroil va Mikoilning qiroati qanday boʻlishi haqida zikr qilindi. Shunda bizga Aʼmash Saʼd at-Toiydan, u Atiyya al-Avfiydan, u Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilib aytdi. U (Abu Said roziyallohu anhu) dedi: Rasululloh ﷺ surni puflovchini zikr qilib: «Uning oʻng tomonida Jibroil, chap tomonida esa Mikoil boʻladi», dedilar.