وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا مِنْ أَحَدٍ يَمُوتُ إِلَّا نَدِمَ» . قَالُوا: وَمَا نَدَامَتُهُ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «إِنْ كَانَ مُحْسِنًا نَدِمَ أَنْ لَا يَكُونَ ازْدَادَ وَإِنْ كَانَ مُسِيئًا نَدِمَ أَنْ لَا يكونَ نزع» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Vafot etgan har bir kishi, albatta, afsus-nadomat qiladi», dedilar. (Sahobalar): «Ey Allohning Rasuli, uning nadomati nima uchun boʻladi?» deyishdi. U zot: «Agar u yaxshilik qiluvchi boʻlsa, (yaxshiligini) koʻproq qilmaganiga afsus qiladi; agar u yomonlik qiluvchi boʻlsa, (yomonlikdan) qaytmaganiga afsus qiladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Biz bu hadisni faqat shu yoʻldangina bilamiz. Yahyo ibn Ubaydulloh haqida esa Shuʼba (tanqid bilan) gapirgan; u Yahyo ibn Ubaydulloh ibn Mavhab boʻlib, madinalikdir.