وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ سَرَّهُ أَنْ يَنْظُرَ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ كَأَنَّهُ رَأْيُ عَيْنٍ فليَقرأْ: (إِذا الشَّمسُ كُوِّرَتْ) و (إِذا السَّماءُ انفطرَتْ) و (إِذا السَّماءُ انشقَّتْ) رَوَاهُ أَحْمد وَالتِّرْمِذِيّ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim qiyomat kunini goʻyo koʻz bilan koʻrayotgandek koʻrishni xohlasa, {Quyosh oʻralganda} (Takvir surasi), {Osmon yorilganda} (Infitor surasi) va {Osmon yorilib ketganda} (Inshiqoq surasi)ni oʻqisin», dedilar. Bu hadis hasan gʻaribdir. Hishom ibn Yusuf va boshqalar bu hadisni shu isnod bilan rivoyat qilib: «Kim qiyomat kunini goʻyo koʻz bilan koʻrayotgandek koʻrishni xohlasa, {Quyosh oʻralganda}ni oʻqisin», degan, lekin {Osmon yorilganda} va {Osmon yorilib ketganda}ni zikr qilmagan.