وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: " إِن الله يدني الْمُؤمن فَيَضَع على كَنَفَهُ وَيَسْتُرُهُ فَيَقُولُ: أَتَعْرِفُ ذَنْبَ كَذَا؟ أَتَعْرِفُ ذَنْب كَذَا؟ فَيَقُول: نعم يَا رب حَتَّى قَرَّرَهُ ذنُوبه وَرَأى نَفْسِهِ أَنَّهُ قَدْ هَلَكَ. قَالَ: سَتَرْتُهَا عَلَيْكَ فِي الدُّنْيَا وَأَنَا أَغْفِرُهَا لَكَ الْيَوْمَ فَيُعْطَى كِتَابَ حَسَنَاتِهِ وَأَمَّا الْكُفَّارُ وَالْمُنَافِقُونَ فَيُنَادَى بِهِمْ على رؤوسِ الْخَلَائِقِ: (هَؤُلَاءِ الَّذِينَ كَذَبُوا عَلَى رَبِّهِمْ أَلَا لعنةُ اللَّهِ على الظالمينَ) مُتَّفق عَلَيْهِ
Safvon ibn Muhriz al-Moziniy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Ibn Umar bilan — uning qoʻlidan ushlab — yurgan paytimda, bir kishi oldimizga kelib: «Sen Allohning Rasuli ﷺ dan najvo (yaʼni Qiyomat kuni Alloh bilan maxfiy soʻzlashuv) haqida nima eshitding?» — deb soʻradi. Ibn Umar: «Men Allohning Rasuli ﷺ ning shunday deganini eshitdim: ‹Alloh moʻminni Oʻziga yaqinlashtirib, uni Oʻz pardasi bilan toʻsadi va undan: «Sen falon-falon gunohlarni qildingmi?» — deb soʻraydi. U: «Ha, Robbim», — deydi. Alloh undan — u barcha gunohlarini iqror qilgunicha va oʻzini halok boʻldi deb oʻylaguncha — soʻrayveradi. (Soʻng) Alloh: «Men dunyoda sening gunohlaringni toʻsgan edim va bugun ularni sen uchun kechiraman», — deydi va unga oʻz yaxshi amallari (yozilgan) kitobi beriladi. Kofirlar va munofiqlarga kelsak, (ularning yomon amallari oshkora qilinadi) va guvohlar: «Mana bular — oʻz Robbiga qarshi yolgʻon soʻzlagan kishilar(dir). Ogoh boʻlinglar! Allohning laʼnati zolimlar ustida(dir)» (Hud, 18), — deydi›», — dedi.