وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «حَوْضِي مَسِيرَةُ شَهْرٍ وَزَوَايَاهُ سَوَاءٌ مَاؤُهُ أَبْيَضُ مِنَ اللَّبَنِ وَرِيحُهُ أَطْيَبُ مِنَ الْمِسْكِ وَكِيزَانُهُ كَنُجُومِ السَّمَاءِ مَنْ يَشْرَبُ مِنْهَا فَلَا يظمأ أبدا» . مُتَّفق عَلَيْهِ
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Mening Havzim bir oylik yoʻl (kenglikda) boʻlib, uning burchaklari teng, suvi kumushdan oqroq, hidi miskdan xushboʻyroq, kosalari osmondagi yulduzlardek (koʻp). Kim undan ichsa, undan keyin abadiy chanqamaydi», dedilar. (Rovi) dedi: Asmo binti Abu Bakr ham (shunday) dedi: Rasululloh ﷺ: «Men Havz boshida boʻlaman, toki sizlardan kim oldimga kelishini koʻrgunimcha. (Lekin) baʼzi odamlar mendan (uzoqda) tutib qolinadi. Shunda men: ‹Yo Rabbim! (Bular) mendan va mening ummatimdan›, deyman. Shunda: ‹Ularning sendan keyin nima qilganini bilmas eding-ku? Vallohi, ular sendan keyin orqalariga (ortlariga) qaytaverdilar›, deyiladi», dedilar. (Rovi) dedi: Ibn Abu Mulayka shunday derdi: «Allohim! Biz orqalarimizga qaytishimizdan yoki dinimizdan fitnaga solinishimizdan Senga panoh tilaymiz».