وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنِّي لَأَعْلَمُ آخِرَ أَهْلِ النَّارِ خُرُوجًا مِنْهَا وَآخِرَ أَهْلِ الْجَنَّةِ دُخُولًا رَجُلٌ يَخْرُجُ مِنَ النَّارِ حَبْوًا. فَيَقُولُ اللَّهُ: اذْهَبْ فَادْخُلِ الْجَنَّةَ فَإِنَّ لَكَ مِثْلَ الدُّنْيَا وَعَشَرَةَ أَمْثَالِهَا. فَيَقُولُ: أَتَسْخَرُ مِنِّي - أَوْ تَضْحَكُ مِنِّي - وَأَنْتَ الْمَلِكُ؟ " وَلَقَدْ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ضَحِكَ حَتَّى بَدَتْ نَوَاجِذُهُ وَكَانَ يُقَالُ: ذَلِكَ أَدْنَى أَهْلِ الْجَنَّةِ مَنْزِلَةً. مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ
(Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ: «Men doʻzax ahlidan undan eng oxirgi boʻlib chiqadigan va jannatga eng oxirgi boʻlib kiradigan kishini bilaman: u — doʻzaxdan (yuztuban) emaklab chiqadigan bir erkak. Alloh unga: ‹Bor, jannatga kir›, deydi. U (jannatga) keladi-yu, unga u (jannat) toʻlib ketgandek koʻrinadi. Bas, u qaytib: ‹Ey Robbim, uni toʻla (band) topdim›, deydi. (Alloh): ‹Bor, jannatga kir›, deydi. U (yana) keladi-yu, unga u toʻlgandek koʻrinadi. (Yana): ‹Ey Robbim, uni toʻla topdim›, deydi. (Alloh): ‹Bor, jannatga kir — sen uchun dunyoning misli va yana oʻn baravari (yoki: sen uchun dunyoning oʻn baravari misli) bor›, deydi. U: ‹(Ey Robbim,) meni mazax qilyapsanmi — yoki menga kulyapsanmi — holbuki Sen Podshohsan?!› deydi», dedilar. (Abdulloh) aytdi: Men Rasululloh ﷺning ozigʻ tishlari koʻringuncha kulganlarini koʻrdim. «Mana shu — jannat ahlining martabasi eng past (kishisi)dir», deyilardi.