وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَخْلُصُ الْمُؤْمِنُونَ مِنَ النَّارِ فَيُحْبَسُونَ عَلَى قَنْطَرَةٍ بَيْنَ الْجَنَّةِ وَالنَّارِ فَيُقْتَصُّ لِبَعْضِهِمْ مِنْ بَعْضٍ مَظَالِمُ كَانَتْ بَيْنَهُمْ فِي الدُّنْيَا حَتَّى إِذَا هُذِّبُوا وَنُقُّوا أُذِنَ لَهُمْ فِي دُخُولِ الْجَنَّةِ فَوَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَأَحَدُهُمْ أَهْدَى بِمَنْزِلِهِ فِي الْجَنَّةِ مِنْهُ بِمَنْزِلِهِ كَانَ لَهُ فِي الدُّنْيَا» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Abu Saʼid al-Xudriy (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ ‹Biz ularning koʻksilaridagi gina-adovatni sugʻurib (olib) tashladik› (Aʼrof surasi, 43-oyat) (oyati haqida shunday) dedilar: «Mominlar doʻzaxdan qutuladi, soʻng jannat bilan doʻzax orasidagi bir koʻprikda toʻxtatiladi; ular orasida dunyoda boʻlgan zulm(lar) uchun bir-biridan qasos olinadi; ular (shunday) tozalanib, poklangach, ularga jannatga kirishga izn beriladi. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, ularning har biri jannatdagi manzilini — dunyodagi manzilini bilganidan ham yaxshiroq tanib qoladi (biladi)», dedilar.