عَن ثَوْبَانَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «حَوْضِي مِنْ عَدَنٍ إِلَى عُمَّانَ الْبَلْقَاءِ مَاؤُهُ أَشَدُّ بَيَاضًا مِنَ اللَّبَنِ وَأَحْلَى مِنَ الْعَسَلِ وَأَكْوَابُهُ عَدَدُ نُجُومِ السَّمَاءِ مَنْ شَرِبَ مِنْهُ شَرْبَةً لَمْ يَظْمَأْ بَعْدَهَا أَبَدًا أَوَّلُ النَّاسِ وُروداً فقراءُ المهاجرينَ الشُّعثُ رؤوساً الدُّنْسُ ثِيَابًا الَّذِينَ لَا يَنْكِحُونَ الْمُتَنَعِّمَاتِ وَلَا يُفْتَحُ لَهُمُ السُّدَدُ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ. وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Sawban (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Mening havzim Adandan Balqodagi Ummongacha boʻlgan masofaday. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin. Kosalari osmon yulduzlari sonichadir. Kim undan bir marta ichsa, undan keyin abadiy chanqamaydi. Unga birinchi boʻlib keladiganlar kambagʻal muhojirlar, sochlari toʻzigan, kiyimlari kirlangan, nozanin ayollarga uylanmaydigan va oldida eshiklar ochilmaydigan kishilardir», dedilar. Ahmad, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan. Termiziy: «Bu gʻarib hadisdir», dedi.