وَعَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَتَانِي آتٍ مِنْ عِنْدِ رَبِّي فَخَيَّرَنِي بَيْنَ أَنْ يُدْخِلَ نِصْفَ أُمَّتِي الْجَنَّةَ وَبَيْنَ الشَّفَاعَةِ فَاخْتَرْتُ الشَّفَاعَةَ وَهِيَ لِمَنْ مَاتَ لَا يُشْرِكُ بِاللَّهِ شَيْئًا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Avf ibn Molik al-Ashjaʼiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Robbim huzuridan menga bir keluvchi keldi va meni ummatimning yarmini jannatga kiritish bilan shafoatdan birini tanlash ixtiyoriga qoʻydi. Shunda men shafoatni tanladim, u Allohga hech narsani sherik qilmasdan oʻlgan kishi uchundir», dedilar. Bu hadis Abu al-Malihdan, u Nabiy ﷺning boshqa bir sahobasidan, u Nabiy ﷺdan ham rivoyat qilingan boʻlib, unda Avf ibn Molik zikr qilinmagan va hadisda uzun bir voqea bordir.