عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " قَالَ اللَّهُ تَعَالَى: أَعْدَدْتُ لِعِبَادِيَ الصَّالِحِينَ مَا لَا عَيْنٌ رَأَتْ وَلَا أُذُنٌ سَمِعَتْ وَلَا خَطَرَ عَلَى قَلْبِ بشر. واقرؤوا إِنْ شِئْتُمْ: (فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّة عين) مُتَّفق عَلَيْهِ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) buni Nabiy ﷺga yetkazib rivoyat qiladi: U zot: «Alloh taolo: ‹Men solih bandalarim uchun hech bir koʻz koʻrmagan, hech bir quloq eshitmagan va hech bir bashar qalbiga kelmagan (neʼmatlarni) tayyorlab qoʻydim›, dedi. Buning tasdigʻi Alloh azza va jallaning Kitobida (kelgan): {Bas, hech bir jon ular uchun, qilgan amallariga mukofot sifatida, koʻzlarning qarorigʻa boʻlgan qanday (neʼmatlar) yashirilganini bilmaydi} (Sajda 17)», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.