وَعَنْ أَبِي مُوسَى قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّ لِلْمُؤْمِنِ فِي الْجَنَّةِ لَخَيْمَةً مِنْ لُؤْلُؤَةٍ وَاحِدَةٍ مُجَوَّفَةٍ عَرْضُهَا وَفِي رِوَايَةٍ: طُولُهَا سِتُّونَ مِيلًا فِي كُلِّ زَاوِيَةٍ مِنْهَا أَهْلٌ مَا يَرَوْنَ الْآخَرِينَ يَطُوفُ عَلَيْهِم المؤمنُ وجنَّتانِ من فضةٍ آنيتهما مَا فِيهِمَا وَجَنَّتَانِ مِنْ ذَهَبٍ آنِيَتُهُمَا وَمَا فِيهِمَا وَمَا بينَ أَنْ يَنْظُرُوا إِلَى رَبِّهِمْ إِلَّا رِدَاءُ الْكِبْرِيَاءِ على وجههِ فِي جنَّة عدْنٍ ". مُتَّفق عَلَيْهِ
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladiki, u zot: «Jannatda ikkita bogʻ bor, ularning idishlari va ichidagi narsalari kumushdandir; yana ikkita bogʻ bor, ularning idishlari va ichidagi narsalari oltindandir. Adn jannatida qavm bilan ularning Robbiga nazar solishlari orasida Uning Yuzidagi kibriyo (ulugʻvorlik) ridosidan boshqa hech narsa yoʻqdir», dedilar. Yana shu isnod bilan Nabiy ﷺdan: «Jannatda ichi boʻsh yagona marvariddan boʻlgan shunday chodir borki, uning eni oltmish mildir; uning har bir burchagida (moʻminning) ahli boʻlib, ular bir-birlarini koʻrmaydilar. Moʻmin ularni aylanib (navbat bilan ziyorat qilib) yuradi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis sahihdir. Abu Imron al-Javniyning ismi Abdulmalik ibn Habibdir. Abu Bakr ibn Abu Muso haqida esa Ahmad ibn Hanbal: «Uning ismi maʼlum emas», degan. Abu Muso al-Ashʼariyning ismi Abdulloh ibn Qaysdir, Abu Molik al-Ashʼariyning ismi esa Saʼd ibn Toriq ibn Ashyamdir.