وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " إِنَّ أَدْنَى مَقْعَدِ أَحَدِكُمْ مِنَ الْجَنَّةِ أَنْ يَقُولَ لَهُ: تَمَنَّ فَيَتَمَنَّى وَيَتَمَنَّى فَيَقُولُ لَهُ: هَلْ تَمَنَّيْتَ؟ فَيَقُولُ نَعَمْ فَيَقُولُ لَهُ: فَإِنَّ لَكَ مَا تَمَنَّيْتَ ومثلَه معَه ". رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlardan biringizning jannatdagi eng past oʻrni shuki, unga: ‹Tila!› deyiladi. U tilaydi, yana tilaydi. Soʻng unga: ‹Tiladingmi?› deyiladi. U: ‹Ha›, deydi. Shunda unga: ‹Senga tilaganing va u bilan birga yana shuncha narsa beriladi›, deyiladi», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.