وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي قَوْلِهِ تَعَالَى (وفُرُشٍ مرفوعةٍ) قَالَ: «ارْتِفَاعُهَا لَكَمَا بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ مَسِيرَةَ خَمْسِمِائَةِ سَنَةً» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan, U zotning {va baland koʻtarilgan toʻshaklar} (Voqea 56:34) degan oyat haqida (soʻrlganida): «Ularning balandligi osmon bilan yer orasidagidek, besh yuz yillik masofa boʻladi», deganlarini rivoyat qiladi. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Rishdin ibn Saʼdning hadisi orqaligina bilamiz. Baʼzi ilm ahli bu hadisning tafsirida shuni aytishganki, uning maʼnosi shuki, toʻshaklar darajalarda boʻlib, darajalar orasi osmon bilan yer orasidagidek (uzoq)dir.