وَعَنْ سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَوْ أَنَّ مَا يُقِلُّ ظُفُرٌ مِمَّا فِي الْجَنَّةِ بَدَا لَتَزَخْرَفَتْ لَهُ مَا بَيْنَ خَوَافِقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَلَوْ أَنَّ رَجُلًا مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ اطَّلَعَ فَبَدَا أَسَاوِرُهُ لَطَمَسَ ضَوْؤُهُ ضَوْءَ الشَّمْسِ كَمَا تَطْمِسُ الشَّمْسُ ضَوْءَ النُّجُومِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Agar jannatdagi narsalardan tirnoq uchida koʻtariladigancha (kichik narsa) namoyon boʻlsa, u albatta osmonlaru yerning bir chetidan ikkinchi chetigacha boʻlgan oraliqni bezab yuborgan boʻlardi. Agar jannat ahlidan bir kishi (dunyoga) moʻralab, uning bilakuzuklari koʻrinib qolsa, quyosh yulduzlarning nurini oʻchirgani kabi, u quyoshning nurini oʻchirib yuborgan boʻlardi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni shu isnod bilan faqat Ibn Lahiaʼning hadisi orqaligina bilamiz. Yahyo ibn Ayyub bu hadisni Yazid ibn Abu Habibdan rivoyat qilib, uni Umar ibn Saʼd ibn Abu Vaqqosdan, u Nabiy ﷺdan deb keltirgan.