وَعَن بُريدةَ أَنَّ رَجُلًا قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ هَلْ فِي الْجَنَّةِ مِنْ خَيْلٍ؟ قَالَ: «إِنِ اللَّهُ أَدْخَلَكَ الْجَنَّةَ فَلَا تَشَاءُ أَنْ تُحْمَلَ فِيهَا عَلَى فَرَسٍ مِنْ يَاقُوتَةٍ حَمْرَاءَ يَطِيرُ بِكَ فِي الْجَنَّةِ حَيْثُ شِئْتَ إِلَّا فَعَلْتَ» وَسَأَلَهُ رجل فَقَالَ: يارسول الله هَل فِي الجنةِ من إِبلٍ؟ قَالَ: فَلَمْ يَقُلْ لَهُ مَا قَالَ لِصَاحِبِهِ. فَقَالَ: «إِنْ يُدْخِلْكَ اللَّهُ الْجَنَّةَ يَكُنْ لَكَ فِيهَا مَا اشْتَهَتْ نَفْسُكَ وَلَذَّتْ عَيْنُكَ» رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺdan soʻrab: «Yo Rasululloh, jannatda otlar boʻladimi?» dedi. U zot: «Agar Alloh seni jannatga kiritsa, qizil yoqutdan boʻlgan otga minib, jannatda xohlagan joyingga uchib borishni istasang, albatta shunday qilasan», dedilar. (Rovi) aytdi: Yana bir kishi U zotdan soʻrab: «Yo Rasululloh, jannatda tuyalar boʻladimi?» dedi. U zot bunga oldingi kishiga aytgan soʻzini aytmadilar, balki: «Agar Alloh seni jannatga kiritsa, unda sen uchun nafsing istagan va koʻzingga lazzat bagʻishlaydigan har bir narsa boʻladi», dedilar. Bu hadisni (boshqa yoʻl bilan) Abdurahmon ibn Sobit Nabiy ﷺdan shu maʼnoda rivoyat qilgan, va bu Masʼudiyning hadisidan koʻra sahihroqdir.