وَعَنْ بُرَيْدَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَهْلُ الْجَنَّةِ عِشْرُونَ وَمِائَةُ صَفٍّ ثَمَانُونَ مِنْهَا مِنْ هَذِهِ الْأُمَّةِ وَأَرْبَعُونَ مِنْ سَائِرِ الْأُمَمِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي كتاب الْبَعْث والنشور
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Jannat ahli bir yuz yigirma safdir; ularning saksontasi shu ummatdan, qirqtasi esa boshqa ummatlardandir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Bu hadis Alqama ibn Marsaddan, u Sulaymon ibn Buraydadan, u Nabiy ﷺdan mursal tarzda ham rivoyat qilingan; baʼzilar esa Sulaymon ibn Buraydadan, u otasidan, deb keltirishgan. Abu Sinonning Muhorib ibn Disordan (qilgan) hadisi hasandir. Abu Sinonning ismi Diror ibn Murradir; Abu Sinon ash-Shayboniyning ismi Said ibn Sinon boʻlib, u basralik; Abu Sinon ash-Shomiyning ismi esa Iso ibn Sinon boʻlib, u qasmaliydir.