عَن جَرِيرِ بْنِ عَبْدُ اللَّهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّكُمْ سَتَرَوْنَ رَبَّكُمْ عِيَانًا» . وَفِي رِوَايَةٍ: قَالَ: كُنَّا جُلُوسًا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَنَظَرَ إِلَى الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ فَقَالَ: «إِنَّكُمْ سَتَرَوْنَ رَبَّكُمْ كَمَا تَرَوْنَ هَذَا الْقَمَرَ لَا تُضَامُونَ فِي رُؤْيَتِهِ فَإِنِ اسْتَطَعْتُمْ أَنْ لَا تُغْلَبُوا عَلَى صَلَاةٍ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا فَافْعَلُوا» ثُمَّ قَرَأَ (وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبهَا) مُتَّفق عَلَيْهِ
Jarir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: biz Rasululloh ﷺning huzurlarida oʻtirgan edik. U zot toʻlin oydagi oyga qarab: «Siz Robbingizni mana shu oyni koʻrganingizdek koʻrasiz, Uni koʻrishda bir-biringizga xalaqit bermaysiz. Agar quyosh chiqishidan oldingi va botishidan oldingi namozdan mahrum boʻlmaslikka qodir boʻlsangiz, shunday qilinglar», dedilar. Soʻng: {Quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin Robbingga hamd aytib tasbeh ayt} (Qof 39) oyatini oʻqidilar.