وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " يَقُولُ اللَّهُ لِأَهْوَنِ أَهْلِ النَّارِ عَذَابًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ: لَوْ أَنَّ لَكَ مَا فِي الْأَرْضِ مِنْ شَيْءٍ أَكَنْتَ تَفْتَدِي بِهِ؟ فَيَقُولُ: نَعَمْ. فَيَقُولُ: أَرَدْتُ مِنْكَ أَهْوَنَ مِنْ هَذَا وَأَنْتَ فِي صُلْبِ آدَمَ أَنْ لَا تُشْرِكَ بِي شَيْئًا فَأَبَيْتَ إِلَّا أَنْ تُشْرِكَ بِي ". مُتَّفق عَلَيْهِ
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan (rivoyat qiladi):) U zot: «Alloh taolo Qiyomat kunida doʻzax ahlidan azobi eng yengil (kishi)ga: ‹Agar senda yer yuzidagi (barcha) narsa boʻlsa, uni (oʻzingni qutqarish uchun) fido qilarmiding?› deydi. U: ‹Ha›, deydi. (Alloh): ‹Sen Odamning sulbida (pushtida) boʻlganingda, Men sendan bundan-da yengilrogʻini — Menga hech narsani sherik qilmasligingni — istagan edim; lekin sen Menga sherik qilishdan boshqasiga koʻnmading›, deydi», dedilar.