وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لِسُرَادِقِ النَّارِ أَرْبَعَةُ جُدُرِ كِثَف كل جِدَار مسيرَة أَرْبَعِينَ سنة ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ {moy quyqasiga oʻxshash} (Kahf 29) degani haqida: «Yogʻ quyqasi kabidir, unga yaqinlashtirilganda yuzining terisi unga toʻkilib tushadi», dedilar. Yana shu isnod bilan Nabiy ﷺdan rivoyat qilinadi. U zot: «Oʻtning sardobasining toʻrtta devori bor, har bir devorning qalinligi qirq yillik yoʻl masofasidek», dedilar. Yana shu isnod bilan Nabiy ﷺdan rivoyat qilinadi. U zot: «Agar gʻassoqdan bir chelak dunyoga toʻkilsa, dunyo ahli (sasib) qoʻlansa hidlanib ketardi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisni biz faqat Rishdin ibn Saʼdning hadisidan bilamiz, Rishdin haqida (tanqidiy) gap bor, u hofizasi jihatidan tanqid qilingan. Uning «har bir devorning kisafi» degan soʻzining maʼnosi uning qalinligi demakdir.