وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَرَأَ هَذِهِ الْآيَةَ: (اتَّقُوا اللَّهَ حَقَّ تُقَاتِهِ وَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنْتُم مُسلمُونَ) قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَو أَن قَطْرَة من الزقوم قطرات فِي دَارِ الدُّنْيَا لَأَفْسَدَتْ عَلَى أَهْلِ الْأَرْضِ مَعَايِشَهُمْ فَكَيْفَ بِمَنْ يَكُونُ طَعَامَهُ؟» رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ushbu oyatni: {Allohdan haqiqiy taqvo bilan qoʻrqinglar va faqat musulmon boʻlgan holingizdagina oʻlinglar} (Oli Imron 102) tilovat qildilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Agar zaqqumdan bir tomchi dunyo hovlisiga tomsa, dunyo ahlining tirikchiligini buzib yuborar edi. U holda uning ovqati boʻladigan kishining holi qanday boʻlar ekan?!», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan, sahihdir.