وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ أَنَّ رَصَاصَةً مِثْلَ هَذِهِ - وَأَشَارَ إِلَى مِثْلِ الْجُمْجُمَةِ - أُرْسِلَتْ مِنَ السَّمَاءِ إِلَى الْأَرْضِ وَهِيَ مَسِيرَةُ خَمْسِمِائَةِ سَنَةٍ لَبَلَغَتِ الْأَرْضَ قَبْلَ اللَّيْلِ وَلَوْ أَنَّهَا أُرْسِلَتْ مِنْ رَأْسِ السِّلْسِلَةِ لَسَارَتْ أَرْبَعِينَ خَرِيفًا اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ قَبْلَ أنْ تبلع أَصْلهَا أَو قعرها» رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Agar mana shunday bir parcha qoʻrgʻoshin — u zot bosh suyagiday narsaga ishora qildilar — osmondan yerga tashlansa, holbuki bu (oradagi masofa) besh yuz yillik yoʻldir, u kechga qolmay yerga yetib kelardi. Agar u zanjirning boshidan tashlansa, oʻzining tubiga yoki qaʼriga yetib borishidan oldin tunu kun qirq yil yoʻl bosgan boʻlardi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisning isnodi hasan sahihdir.