وَعَنْ أَنَسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " لَا تَزَالُ جَهَنَّمَ يُلْقَى فِيهَا وَتَقُولُ: هَلْ مِنْ مَزِيدٍ؟ حَتَّى يَضَعَ رَبُّ العزَّةِ فِيهَا قدَمَه فينزَوي بَعْضُهَا إِلَى بَعْضٍ فَتَقُولُ: قَطْ قَطْ بِعِزَّتِكَ وَكَرَمِكَ وَلَا يَزَالُ فِي الْجَنَّةِ فَضْلٌ حَتَّى يُنْشِئَ اللَّهُ لَهَا خَلْقًا فَيُسْكِنُهُمْ فَضْلَ الْجَنَّةِ ". مُتَّفق عَلَيْهِ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning azza va jalla — {Oʻsha kuni biz jahannamga: ‹Toʻldingmi?› desak, u: ‹Yana bormi?› deydi} (Qof 30) — degan soʻzi haqida Nabiy ﷺ: «Jahannamga (ahli) tashlanaveradi va u: ‹Yana bormi?› deyaveradi, toki izzat Robbi unga oyogʻini qoʻyguncha. Shunda uning baʼzi qismi baʼzisiga (siqilib) yigʻiladi va u: ‹Boʻldi, boʻldi, izzating va karamingga qasam!› — deydi. Jannatda esa ortiqcha (joy) qolaveradi, toki Alloh unga (yangi) xalq paydo qilib, ularni jannatning ortiqcha (joyiga) joylashtirguncha», — dedilar.