وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «رَأَيْتُ لَيْلَةَ أُسْرِيَ بِي مُوسَى رَجُلًا آدَمَ طُوَالًا جَعْدًا كَأَنَّهُ شنُوءَة وَرَأَيْت رَجُلًا مَرْبُوعَ الْخَلْقِ إِلَى الْحُمْرَةِ وَالْبَيَاضِ سَبْطَ الرَّأْسِ وَرَأَيْتُ مَالِكًا خَازِنَ النَّارِ وَالدَّجَّالَ فِي آيَاتٍ أَرَاهُنَّ اللَّهُ إِيَّاهُ فَلَا تَكُنْ فِي مرية من لِقَائِه» . مُتَّفق عَلَيْهِ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Osmonga koʻtarilganim (Miʼroj) kechasi men Musoni koʻrdim — u — goʻyo Shanua qabilasi kishilaridan biriday — uzun boʻyli, bugʻdoyrang, jingalak sochli kishi edi; va men Isoni (ham) koʻrdim — u — qizil va oq (rang)ga moyil, oʻrtacha qomatli va rangli, sochi tekis kishi edi. Men yana doʻzaxning darvozaboni Molikni va Dajjolni — Alloh menga koʻrsatgan alomatlar orasida — koʻrdim», — dedi (Soʻng Paygʻambar ﷺ quyidagi muqaddas oyatni oʻqidi): ‹Bas, sen unga (Musoga) uchrashishdan shubhada boʻlma› (Sajda, 23) — (yaʼni Miʼroj kechasi osmonlar ustida Musoga uchraganida). Anas va Abu Bakradan (rivoyat qilinadi): «Paygʻambar ﷺ: ‹Farishtalar Madinani Dajjoldan himoya qiladi (u Madina shahriga kira olmaydi)›, — dedi».