وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " لَيْسَ الْخَبَرُ كَالْمُعَايَنَةِ إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى أَخْبَرَ مُوسَى بِمَا صَنَعَ قَوْمُهُ فِي الْعِجْلِ فَلَمْ يُلْقِ الْأَلْوَاحَ فَلَمَّا عَايَنَ مَا صَنَعُوا أَلْقَى الْأَلْوَاحَ فَانْكَسَرَتْ. رَوَى الْأَحَادِيث الثَّلَاثَة أَحْمد
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Xabar berish koʻz bilan koʻrish kabi emas. Alloh taolo Musoga qavmi buzoq bilan qilgan ishlari haqida xabar berdi, shunda u lavhalarni tashlamadi. Ular qilgan ishni oʻz koʻzi bilan koʻrgach esa, lavhalarni tashladi va ular sindi», dedilar. Bu uchala hadisni Ahmad rivoyat qilgan.