وَعَنْ سَعْدٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّ بِمَسْجِدِ بَنِي مُعَاوِيَةَ دَخَلَ فَرَكَعَ فِيهِ رَكْعَتَيْنِ وَصَلَّيْنَا مَعَهُ وَدَعَا رَبَّهُ طَوِيلًا ثُمَّ انْصَرَفَ فَقَالَ: «سَأَلْتُ رَبِّي ثَلَاثًا فَأَعْطَانِي ثِنْتَيْنِ وَمَنَعَنِي وَاحِدَةً سَأَلْتُ رَبِّي أَنْ لَا يُهْلِكَ أُمَّتِي بِالسَّنَةِ فَأَعْطَانِيهَا وَسَأَلْتُهُ أَنْ لَا يُهْلِكَ أُمَّتِي بِالْغَرَقِ فَأَعْطَانِيهَا وَسَأَلْتُهُ أَنْ لَا يَجْعَلَ بأسهم بَينهم فَمَنَعَنِيهَا» . رَوَاهُ مُسلم
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kuni Oliyadan kelayotib, Banu Muoviya masjidi yonidan oʻtayotib, (masjidga) kirdilar va unda ikki rakat namoz oʻqidilar. Biz ham u zot bilan birga namoz oʻqidik. U zot Robbiga uzoq duo qildilar, soʻng bizga yuzlanib ﷺ: «Men Robbimdan uch (narsa) soʻradim, U menga ikkitasini berdi, bittasini esa man qildi. Men Robbimdan ummatimni qahatchilik bilan halok qilmasligini soʻradim, U menga buni berdi. Va Undan ummatimni gʻarq (toshqin) bilan halok qilmasligini soʻradim, U menga buni (ham) berdi. Va Undan ularning (oʻzaro) jangini oʻzlari orasida qilmasligini soʻradim, U esa buni mendan man qildi», — dedilar.