عَن خبَّابِ بنِ الأرتِّ قَالَ: صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَاةَ فَأَطَالَهَا. قَالُوا: يَا رَسُولَ الله صلَّيتَ صَلَاةً لَمْ تَكُنْ تُصَلِّيهَا قَالَ: «أَجَلْ إِنَّهَا صَلَاةُ رَغْبَةٍ وَرَهْبَةٍ وَإِنِّي سَأَلْتُ اللَّهَ فِيهَا ثَلَاثًا فَأَعْطَانِي اثْنَتَيْنِ وَمَنَعَنِي وَاحِدَةً سَأَلْتُهُ أَنْ لَا يُهْلِكَ أُمَّتِي بِسَنَةٍ فَأَعْطَانِيهَا وَسَأَلْتُهُ أَنْ لَا يُسَلِّطَ عَلَيْهِمْ عَدُوًّا مِنْ غَيْرِهِمْ فَأَعْطَانِيهَا وَسَأَلْتُهُ أَنْ لَا يُذِيقَ بَعْضَهُمْ بَأْسَ بَعْضٍ فمنعَنيها» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Xabbob ibn al-Arott (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir namozni oʻqib, uni uzaytirib yubordilar. (Sahobalar): «Ey Allohning Rasuli, siz odatda oʻqimaydigan (tarzda uzun) bir namoz oʻqidingiz», dedilar. U zot: «Ha, bu ragʻbat va qoʻrquv namozi edi. Men unda Allohdan uchta narsani soʻradim: ikkitasini menga berdi, bittasini bermadi. Ummatimni qahatchilik bilan halok qilmasligini soʻradim — menga buni berdi; ularga oʻzlaridan boshqa dushmanni gʻolib qilmasligini soʻradim — menga buni ham berdi; ularning baʼzisini baʼzisining zoʻravonligini totdirmasligini soʻradim — buni esa menga bermadi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻarib sahihdir. Bu bobda Saʼd va Ibn Umardan ham (rivoyat) bor.