وَعَن أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَتَى وَجَبَتْ لَكَ النُّبُوَّةُ؟ قَالَ: «وَآدَمُ بَيْنَ الرُّوحِ وَالْجَسَدِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ular: ‹Ey Allohning Rasuli! Sizga paygʻambarlik qachon vojib boʻlgan?› dedilar. U zot: ‹Odam ruh bilan jasad orasida ekan edi›, dedilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis Abu Hurayraning hadisi ichida hasan sahih gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻl orqaligina bilamiz. Bu bobda Maysara al-Fajrdan ham (rivoyat) bor.