وَعَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَدْ شَمِطَ مُقَدَّمُ رَأْسِهِ وَلِحْيَتِهِ وَكَانَ إِذَا ادَّهَنَ لَمْ يَتَبَيَّنْ وَإِذَا شَعِثَ رَأْسُهُ تَبَيَّنَ وَكَانَ كَثِيرَ شَعْرِ اللِّحْيَةِ فَقَالَ رَجُلٌ: وَجْهُهُ مِثْلُ السَّيْفِ؟ قَالَ: لَا بَلْ كَانَ مِثْلَ الشَّمْسِ وَالْقَمَرِ وَكَانَ مُسْتَدِيرًا وَرَأَيْتُ الْخَاتَمَ عِنْدَ كَتِفِهِ مِثْلَ بَيْضَة الْحَمَامَة يشبه جسده ". رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ning bosh va soqollarining old qismi oqargan edi. (U zot) yogʻ surtganlarida (oqligi) bilinmas, soch-soqollari toʻzgʻiganda esa (oqligi) bilinardi. Uning ﷺ soqollari qalin edi. Bir kishi: «Uning yuzi qilichga oʻxshasharmidi?» dedi. (Jobir): «Yoʻq, balki uning yuzi quyosh va oydek (yorugʻ) va dumaloq edi», dedi. «Men Paygʻambar ﷺ ning kifti yonida kaptar tuxumiday boʻlgan (nubuvvat) muhrini koʻrdim, uning rangi tanasining rangiga oʻxshar edi», dedi.