عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَيْسَ بالطويل وَلَا بالقصير ضخم الرَّأْس واللحية شئن الْكَفَّيْنِ وَالْقَدَمَيْنِ مُشْرَبًا حُمْرَةً ضَخْمَ الْكَرَادِيسِ طَوِيلَ المَسْرُبَةِ إِذا مَشى تكفَّأ تكفُّأً كَأَنَّمَا يَنْحَطُّ مِنْ صَبَبٍ لَمْ أَرَ قَبْلَهُ وَلَا بَعْدَهُ مِثْلَهُ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ na juda baland, na juda past boʻyli edilar. Boshlari va soqollari yirik, kaftlari va oyoqlari yoʻgʻon edi. Yuzlariga qizillik yugurgan, koʻkraklaridan kindiklarigacha choʻzilgan mayin tuk chizigʻi bor, bugʻin suyaklari yoʻgʻon edi. Yurganlarida gʻayrat bilan, xuddi tepalikdan pastga tushayotgandek yurar edilar. Men u zotdan avval ham, keyin ham u zotga oʻxshaganini koʻrmadim, sallallohu alayhi vasallam.