وَعَنْ جَابِرٌ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمْ يَسْلُكْ طَرِيقًا فَيَتْبَعُهُ أَحَدٌ إِلَّا عرفَ أَنه قد سلكه من طيب عرقه - أَوْ قَالَ: مِنْ رِيحِ عَرَقِهِ - رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ biror yoʻldan yursalar, ortlaridan oʻtgan har bir kishi u zotning terlarining xushboʻyligidan — yoki roviy: terining hididan dedi — u zot oʻsha yoʻldan yurganini bilar edi. Dorimiy rivoyat qilgan.