وَعَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنْ أَحْسَنِ النَّاسِ خُلُقًا فَأَرْسَلَنِي يَوْمًا لِحَاجَةٍ فَقُلْتُ: وَاللَّهِ لَا أَذْهَبُ وَفِي نَفْسِي أَنْ أَذْهَبَ لِمَا أَمَرَنِي بِهِ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَخَرَجْتُ حَتَّى أَمُرَّ عَلَى صِبْيَانٍ وَهُمْ يَلْعَبُونَ فِي السُّوقِ فَإِذَا بِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَدْ قَبَضَ بِقَفَايَ مِنْ وَرَائِي قَالَ: فَنَظَرْتُ إِلَيْهِ وَهُوَ يَضْحَكُ فَقَالَ: «يَا أُنَيْسُ ذَهَبْتَ حَيْثُ أَمَرْتُكَ؟» . قُلْتُ: نَعَمْ أَنَا أَذْهَبُ يَا رَسُول الله. رَوَاهُ مُسلم
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ odamlarning eng goʻzal axloqlisi edilar. Bir kuni u zot meni bir ish (hojat) uchun yubordilar. Men: «Vallohi, bormayman» dedim, lekin koʻnglimda Allohning Nabiysi ﷺ buyurgan narsa uchun borish (niyati) bor edi. Soʻng chiqdim va bozorda oʻynayotgan bolalar yonidan oʻtdim. Shunda Rasululloh ﷺ orqamdan kelib, gardanimdan ushlab oldilar. Men u zotga qaradim, kular edilar. Soʻng: «Ey Unays! Buyurgan joyimga bordingmi?» dedilar. «Ha, boryapman, yo Rasululloh» dedim. Vallohi, men u zotga toʻqqiz yil xizmat qildim. Bilishimcha, men qilgan biror narsa uchun: «Nega bundoq-bundoq qilding?» yoki men qoldirgan biror narsa uchun: «Nega bundoq-bundoq qilmading?» demadilar.