وَعَن أنس إِنَّ رَجُلًا سَأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم غَنَمًا بَيْنَ جَبَلَيْنِ فَأَعْطَاهُ إِيَّاهُ فَأَتَى قَوْمَهُ فَقَالَ: أَي قوم أَسْلمُوا فو الله إِنَّ مُحَمَّدًا لَيُعْطِي عَطَاءً مَا يَخَافُ الْفَقْرَ. رَوَاهُ مُسلم
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ dan ikki togʻ orasini toʻldirgan qoʻyni soʻradi, u zot unga oʻshani berdilar. Soʻng u qavmiga kelib: «Ey qavmim! Islomga kiringlar! Vallohi, Muhammad faqirlikdan qoʻrqmaganday saxiylik bilan beradi», dedi. Anas dedi: Bir kishi dunyoni xohlabgina Islomga kirsa-da, koʻp oʻtmay Islom unga dunyodan va undagi narsalardan koʻra suyukliroq boʻlib qolardi.