وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا صَلَّى الْغَدَاةَ جَاءَ خَدَمُ الْمَدِينَةِ بِآنِيَتِهِمْ فِيهَا الْمَاءُ فَمَا يَأْتُونَ بإناءٍ إِلَّا غمسَ يدَه فِيهَا فرُبما جاؤوهُ بِالْغَدَاةِ الْبَارِدَةِ فَيَغْمِسُ يَدَهُ فِيهَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bomdod namozini oʻqib boʻlganlarida, Madina xizmatkorlari idishlarida suv olib kelishar edi. Qaysi idish keltirilsa, u zot ﷺ albatta qoʻllarini unga botirardilar. Baʼzan ular sovuq tongda kelishsa-da, u zot ﷺ qoʻllarini unga botirardilar.