وَعَنْهَا قَالَتْ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمْ يَكُنْ يَسْرُدُ الْحَدِيثَ كَسَرْدِكُمْ كَانَ يُحَدِّثُ حَدِيثًا لَوْ عَدَّهُ الْعَادُّ لَأَحْصَاهُ. مُتَّفق عَلَيْهِ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ shu qadar ravshan (tushunarli) gapirardiki, agar kimdir uning soʻzlari sonini sanamoqchi boʻlsa, sanay olardi. Urva ibn Zubayr (rivoyat qiladi): Oisha (menga): «Falonchidan hayron emasmisan — u kelib, mening hujram yonida oʻtirib, Allohning Rasuli ﷺ ning hadislarini — menga eshittirish maqsadida — rivoyat qila boshladi, holbuki men nafl namoz oʻqiyotgan edim. U mening nafl namozimni tugatishimdan oldin ketib qoldi. Agar uni hali (oʻsha yerda) topganimda edi, men unga: ‹Allohning Rasuli ﷺ hech qachon sen kabi tez va (chala) gapirmasdi›, — der edim», — dedi.